Har kuni agentlar va hamkorlar bilan sverka qilishga soatlab vaqt ketyaptimi?

Sverkani flycontrol qiladi, siz esa sotuvga e'tibor bering

Aviachipta va tur-paketlar bo'yicha agentlar, aviakompaniyalar va hamkorlar hisobotlarini solishtiramiz, farqlarni topamiz va tayyor hisobot beramiz.

Maldiv orollari, suv ustidagi villalar
Bugungi sverkaNamuna
1 284chipta tekshirildi
17farq topildi
Bali, guruch terrasalari
Hamkorlar bilan sverkaNamuna
Agent AMos keldi
Agent B2 ta farq
Hamkor CMos keldi
Operator D1 ta farq
Istanbul, Ko'k masjid
Tanish holatmi?

Sverka — turizm biznesining eng sekin qismi

01

Excel fayllar ichida adashasiz

Har bir agent va hamkor o'z formatida hisobot yuboradi. Ularni qo'lda bir jadvalga keltirish kunning yarmini oladi.

02

Farqlar oxirgi kunda chiqadi

Mos kelmagan summa oy yopilayotganda topiladi, sabab esa allaqachon esdan chiqqan bo'ladi.

03

Hisob-kitob bahsga aylanadi

Qarz kimda ekanini isbotlash uchun aniq, tekshirilgan hisobot kerak. Taxminlar bilan gaplashib bo'lmaydi.

Imkoniyatlar

Soatlab qo'l mehnati — daqiqalarda

Avtomatik sverka

Aviakompaniya, agent va hamkor hisobotlarini yuklang. Tizim ularni chipta bo'yicha solishtiradi.

Istanbul, Ko'k masjid
TurkiyaIstanbul, Antaliya, Kappadokiya

Farqlar ro'yxati

Har bir mos kelmagan chipta bo'yicha summa va sabab bitta jadvalda ko'rinadi.

Agentlar hisoboti

Har bir agent bo'yicha sotuv, komissiya va joriy qarz holati.

Maldiv, suv ustidagi villalar
MaldivKurort va transfer hisob-kitoblari

Hamkorlar bilan hisob

Operatorlar va yetkazib beruvchilar bilan o'zaro hisob-kitob doim yangilanib turadi.

Yo'nalishlar tahlili

Turkiya, Maldiv yoki Bali: qaysi yo'nalish qancha foyda keltirayotganini ko'ring.

Bali, Ulun Dani ibodatxonasi
BaliMavsumiy talab va narxlar tahlili

Excel va PDF eksport

Buxgalter uchun tayyor jadvallar. Hisobotni bir bosishda yuklab oling.

Jarayon

Uch qadam, sverka tayyor

01

Fayllarni yuklaysiz

Agentlar, aviakompaniyalar va hamkorlardan olingan hisobotlarni Excel yoki CSV ko'rinishida yuklang.

02

flycontrol solishtiradi

Chiptalar, summalar va sanalar bir-biriga taqqoslanadi, mos kelmaganlari ajratib ko'rsatiladi.

03

Hisobotni olasiz

Tayyor hisobotni ko'rasiz, Excel yoki PDF qilib yuklaysiz va hamkorga yuborasiz.

Yo'nalishlar

Eng talabgir yo'nalishlar — hisobotda alohida

Istanbul, Galata minorasi
Yo'nalish hisobotiTurkiya
Maldiv, tiniq lagunalar
Yo'nalish hisobotiMaldiv
Bali, Nusa Penida sohili
Yo'nalish hisobotiBali

Soatlab sverkani daqiqalarga aylantiramiz

Tizimga kiring yoki bizga yozing: o'z hisobotlaringiz bilan flycontrol qanday ishlashini birga ko'rib chiqamiz.

Aloqa uchun pochtadiplomatdilshod@gmail.com
Samolyot qanoti, bulutlar ustida

Kirish

Travellux